Navoiy viloyati DXX kubogiga start berildi

NAVOIY VILOYATIDA DXX KUBOGIGA START BERILDI
Navoiy shahridagi "Sug‘diyona" o‘yingohida yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha an’anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ramziy ma’nodagi musobaqalarning ochilish marosimida dastlab Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib, musobaqani ochiq deb e’lon qildi va ishtirokchilarni tabriklab, bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.
Mazkur musobaqa Navoiy viloyati hokimligi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
