Navoiydagi “Yangi nafas” – ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Navoiydagi “Yangi nafas” – ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Navoiy shahrida 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan
kunga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish,
aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yangicha formatda
keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada umumiy ta’lim va sport maktablarining o‘quvchilari, oliygoh talabalari,
keng jamoat vakillari ishtirok etdi. Navoiy shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab
3 kilometr masofada tashkil etilgan ommaviy yugurish musobaqasida ko‘tarinkai ruhda tashkil etildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
