Universitetda Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Universitetda Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
Navoiy shahrida 8-9 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi doirasida Navoiy davlat universiteti galereyasida Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi.
Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi N.Kalonov, NDU va NDKTU rektorlari M.Kalonov, B.Mardonov hamda faxriylar, universitet jamoasi, talabalar ishtirok etishdi.
Galereyada universitetning san’at sohasidagi ijodkor ustoz va talabalarining mehnati natijasi o‘laroq yaratilgan 100 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi.
Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan ezgu g’oyalarni yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladigan badiiy ekspozitsiya bir oy davom etadi.
