TURK ISHBILARMONLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TD

TURK ISHBILARMONLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TD
Navoiy / Navoiy shahri
10:23, 22 февраль 2025
92
0

 Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Elbek G‘afforov va Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev Turkiy dunyo muhandislar va me’morlar ittifoqi raisi – Ilyas Demirji, O‘zbekiston-Turkiya Parlamentolararo Do‘stlik Guruhi Raisi, Bursa viloyati deputati - Osman Mesten va bir qator turk ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur qabul davomida viloyat hokimining 2024 yil 8-13 iyul kunlari Turkiya davlatiga tashrifida erishilgan kelishuvlarning keyingi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha rejalar muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida turk delegatsiyasi tomonidan sohaga oid videoroliklar va taqdimotlar namoyish etildi.

Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Elbek G‘afforov tomonidan viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda Yangi Navoiy shaharchasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Mehmonlar bilan Yangi Navoiy shaharchasi ishbilarmonlik markazi direksiyasida ham uchrashuv tashkil etilib, Navoiy viloyatida qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar  va turk ishbilarmonlari o‘rtasida B&B muzokaralar o‘tkazildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0