Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarining ilk kuni.

O'zbekiston
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarining ilk kuni. Ayni damda navoiyliklar Sian shahrida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya bugun sianlik tadbirkorlar bilan yirik uchrashuvda ishtirok etib, Navoiy viloyatining investitsion va sanoat salohiyatini videotaqdimotlar asosida namoyish etdi.
Tadbirkorlar viloyatimiz potensialini hisobga olib, uy-joy qurilishi, savdo va sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, fan va ta'lim sohasi, yo‘l qurilishi, muqobil energiyasi ishlab chiqarish sohalarida qator takliflarni bildirdilar. Ushbu takliflar asosida alohida kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirildi.