Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar Qiziltepadagi o‘rganish ishlarini "Kulolon" mahallasidan davom ettirdi. 

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar Qiziltepadagi o‘rganish ishlarini "Kulolon" mahallasidan davom ettirdi. 
Navoiy / Qiziltepa
10:35, 23 февраль 2025
93
0

Qiziltepa tumani hududiga o‘tarkansiz, mirishkorlar diyori ekanligiga amin bo‘lib boraverasiz. Haroratda salgina iliqlik paydo bo‘lgandan tuman ahli tevarak-atrofni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish harakatida bo‘ladi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar Qiziltepadagi o‘rganish ishlarini "Kulolon" mahallasidan davom ettirdi. 

Mahalladagi obodonlashtirish ishlari, yaratilayotgan yashil hududlar ko‘zdan kechirildi. Erta bahorgi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ustida fikrlashildi.

Jarayonda viloyat hokimi aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish holati bilan tanishdi. Fuqarolar xonadonida issiqxona tashkil etgan bo‘lib, yerdan yil davomida qayta-qayta foydalangan holda ko‘p martalik hosil olishni yo‘lga qo‘ygan. Erta bahorda ismaloq va pomidor hosilidan daromad topishsa, keyingi mahsulot sifatida bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘yishgan. Mazkur tajriba asosida o‘zlarini band qilgan aholi bilan suhbatda bo‘lindi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0