KАRMАNАDА MUSTАQILLIK BАYRАMI KENG NISHONLАNDI

KАRMАNАDА MUSTАQILLIK BАYRАMI KENG NISHONLАNDI
Karmana
10:56, 28 август 2024
72
0

KАRMАNАDА MUSTАQILLIK BАYRАMI KENG NIShONLАNDI

🇺🇿 Karmana tumanidagi "Yoshlik" oʼyingohida Mustaqilligimizning 33 yillik bayramiga bagʼishlab, “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.

Ushbu tadbirda Karmana tumani hokimi Valijon Аdizov, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, tuman ahli hamda Xitoylik investor mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman rahbari soʼzga chiqib, tuman ahliga bayram tabrigini yoʼlladi.

Shundan soʼng, tuman Madaniyat boʼlimining sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi boshlandi. Kontsert mehmoni estradamiz yulduzi Jasur Mavlonov hamda "Nihol" mukofoti sovrindori Dilfuza Qobilova boʼldi. Taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʼshiqlar, barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida ajoyib mushakbozlik tashkil etildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Karmanadagi korxona o'zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko'lamini oshirmoqchi Karmanadagi korxona o'zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko'lamini oshirmoqchi
Навоий вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи Нормат Турсунов Кармана туманида жойлашган «Навоий» эркин иқтисодий зонаси...
22.06.22
219
0