Navoiyda 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki o‘quvchi vafot etgan

Navoiyda 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki o‘quvchi vafot etgan
Karmana
21:45, 26 апрель 2024
148
0

Navoiy shahri va Karmana tumanidagi maktablarning 3 nafar o‘quvchisi begona fuqaroning mashinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Ular ortga qaytishda YTHga uchragan. Ikki bola voqea joyida halok bo‘lgan, bir nafari esa shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.   

Manbaga ko‘ra, YTHga uchragan bolalar Navoiy shahridagi 11-sonli hamda Karmana tumanidagi 5- va 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari bo‘lgan. 8- va 9-sinfda o‘qiydigan 3 nafar bola 23 aprel kuni o‘zlariga begona bo‘lgan fuqaroning Matiz mashinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Mashinani haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, voyaga yetmagan bolalarning o‘zlari boshqargan. 

Ular ortga qaytishda ruldagi o‘quvchi boshqaruvni yo‘qotgan va YTH sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 2 o‘quvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Uchinchi o‘quvchi esa og‘ir tan jarohati bilan Karmana tumani markaziy shifoxonasiga keltirilgan. Hozirda u ham jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.   

Navoiyliklar.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot kotibi bilan bog‘landi.

“Hozirda holat yuzasidan, shuningdek, mashina egasi kim ekanligini aniqlash borasida dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Afsuski, keyingi paytlarda ota-onalar va kattalar tomonidan bolalarga mashina rulini ishonib topshirish holatlari ko‘paymoqda. Bu esa ko‘ngilsiz holatlarga olib kelyapti. Ota-onalardan bu borada ehtiyot bo‘lishni, bolalarga mashina boshqaruvini bermaslikni so‘rab qolamiz”, deydi Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot kotibi Fayozjon Qosimov Navoiyliklar.uz jurnalisti bilan suhbatda.  

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Karmanadagi korxona o'zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko'lamini oshirmoqchi Karmanadagi korxona o'zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko'lamini oshirmoqchi
Навоий вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи Нормат Турсунов Кармана туманида жойлашган «Навоий» эркин иқтисодий зонаси...
22.06.22
135
0