Navoiy shahridagi “Lochin” mahallasida joylashgan 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish va ta’mir ishlari olib borilmoqda.

Navoiy shahri / Jamiyat / Muhokama
Navoiy shahridagi “Lochin” mahallasida joylashgan 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish va ta’mir ishlari olib borilmoqda.
Jarayon bilan tanishgan viloyat hokimi Normat Tursunov qurilish va pardozlash ishlarida yorqin ranglarni tanlashga alohida e’tibor berilishi, ichki va tashqi pardozlash, rang berish va bezash ishlarida mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda bola psixikasi, uning baxtiyor ulg‘ayishi, o‘ynab-kulishida ko‘makdosh bo‘luvchi rang va bezaklardan foydalanish kerakligini ta’kidladi.
Ta’mirlash ishlarida sifatli va zamonaviy qurilish ashyolaridan foydalanish zarurligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Bo'limdagi ommabop yangiliklar