MAKTAB ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN TA'MINLANDI

MAKTAB ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN TA'MINLANDI
Yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanib ulgurgan. Ta’lim taraqqiyotining ildamlashida esa davlatning ta’limga bo‘lgan e’tibori muhim sanaladi. Bunday islohotlarning natijasini Zarafshon shahridagi 1-umumta’lim maktabida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahardagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib "tashabbusli budjet" mablag‘lari hisobidan maktabga keltirilgan 32 ta yangi elektron doskalar va 30 ta kompyuterlar jamlanmasi bilan tanishdi.
Shahar hokimi maktabda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishini, o‘quvchilarning shunga munosib bilim egallashi eng yaxshi investitsiya ekanligini ta’kidlab o‘tdi.