Jahon erkin zonalari tashkiloti direktorlar kengashiga O‘zbekiston vakili saylandi.

O'zbekiston / Jahon
Jahon erkin zonalari tashkiloti direktorlar kengashiga O‘zbekiston vakili saylandi.
Jahon erkin zonalari tashkiloti (WFZO) a’zolarining yillik yig‘ilishida “Navoiy” EIZ direktori Habib Abdullayev direktorlar kengashiga saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu yirik Xalqaro tashkilotning boshqaruv organiga O‘zbekiston vakilining saylanishi mamlakat nufuzi va jahon iqtisodiyotidagi roli ortib borayotganidan dalolat beradi.
WFZO 2014-yilda Dubay amiri Shayx Muxammad Al-Maktum homiyligida tashkil etilgan. Tashkilot 142 mamlakatdan 1600 dan ortiq a’zolarni birlashtiradi. Direktorlar kengashi 14 kishidan iborat. Unda hozirgacha postsovet hududidagi mamlakatlar vakillari bo‘lmagan.