Turkiyaning yirik kompaniyasi Navoiyda jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Turkiyaning yirik kompaniyasi Navoiyda jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Navoiy
15:45, 15 июль 2024
167
0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Turkiyaga tashrifi chog‘ida ushbu davlat investorlari bilan viloyatda bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ularning eng muhimlari tibbiyot sohasi bilan bog‘liq.

Turkiyaning Yirik kompaniyasi Navoiy shahrida jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada safarda bo‘lib qaytgan. Viloyat mas’ullari turk kompaniyalari bilan investitsiya kiritish va bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Jumladan, Izmir shahrida Navoiy viloyati delegatsiyasi ishtirokida cog‘liqni saqlash sohasi, tibbiy va farmatsevtik vositalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari forumi bo‘lib o‘tgan. Unda Turkiyaning 20 dan ortiq yirik shirkatlari vakillari ishtirok etgan. Kompaniyalar vakillari va viloyat delegatsiyasi o‘rtasida B2B formatida muzokaralar o‘tkazilgan. 

“SCA Cerrahi Aletler” shirkati bilan Navoiy shahrida jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim tuzilgan. “Memorial hospital” va “Lokman Hekim Saĝlik Grubu” tibbiyot majmualari bilan esa viloyatda tibbiyot universiteti va shifoxonalar qurilishi uchun 30 mln dollar investitsiya kiritilishi to‘g‘risida kelishuvlar imzolangan. 

Shuningdek, “Öztaş Medikal” shirkatining Konimex tumanida tibbiyot sovutkichlarini ishlab chiqarish, “Data Teknik” shirkatining esa ortopediya protezlash vositalarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalari ko‘rib chiqilgan. 

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0