China Triumph International Engineering Co., Ltd. kompaniyasida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

China Triumph International Engineering Co., Ltd. kompaniyasida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
O'zbekiston / Navoiy
19:30, 02 декабрь 2024
181
0

China Triumph International Engineering Co., Ltd. (CTIEC) — bu Xitoyning 1991 yilda tashkil etilgan ilmiy-texnologik xizmatlarga ixtisoslashgan yirik injenerlik kompaniyasidir. Kompaniya bosh ofisi Shanxay shahrida joylashgan. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya ushbu kompaniyada bo‘lib, faoliyatini o‘rgandi.

CTIEC dastlab Benbu shisha sanoati loyihalash va tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda shisha ishlab chiqarish va quyosh energiyasi texnologiyalari bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi.

 

CTIEC kompaniyasi turli tarmoqlarda, jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qayta tiklanuvchi energetika va ekologik injiniring sohalarida muhandislik loyihalash, bosh pudrat, maslahat berish va nazorat xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya float-shisha va fotoelektrik shisha ishlab chiqarishdagi innovatsiyalari, butun dunyo bo‘ylab yuqori darajadagi shisha zavodlari qurish va quyosh energetikasi infratuzilmasini rivojlantirishdagi hissasi bilan mashhurdir.

2023-yilda kompaniyaning daromadi 40 milliard dollarni tashkil etdi, bu uning global muhandislik va qurilish sohalaridagi muhim rolini tasdiqlaydi. CTIEC ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratadi, milliy va hududiy laboratoriyalarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro tashabbuslarda ishtirok etadi. Kompaniya tizimidagi barcha tashkilotlarda 300 mingdan ortiq xodim xizmat qiladi.

 

 Navoiy viloyati delegatsiyasi tomonidan Xitoyning Jiansu provinsiyasi Suchjou shahrida 30 dan ortiq ishbilarmonlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Xitoy kompaniyalari uchun Navoiy viloyatining investitsion va sanoat salohiyati to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etilib, kompaniya vakillarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Ushbu kompaniyalar tomonidan Navoiy viloyatida qurilish materiallari, metallurgiya, elektrotexnika va mashinasozlik sanoati bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirildi. 

Xususan, “KMK Technology (Wuxi)” Co. Ltd tomonidan kaolin va kvarsni qayta ishlash orqali kremniy ishlab chiqarish, “Zhengzhou Shengte Mechanical Equipment” Co. Ltd tomonidan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan har xil turdagi elektrodvigatellar ishlab chiqarish, “Jiangsu Lingchong Chuangxiang New Energy Technology” Co. Ltd tomonidan elektr avtomobillari uchun zaryadlash uskunalari hamda elektr energiyasi saqlash qurilmalari ishlab chiqarish hamda “Zhifu Environmental Protection Technology (Suzhou)” Co. Ltd tomonidan turli sanoat chiqindilarini qayta ishlashni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qiziqish bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)