“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida adabiy uchrashuvlar o‘tkazildi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida adabiy uchrashuvlar o‘tkazildi
Navoiy / Navoiy shahri / Jamiyat / Tadbirlar
12:14, 12 октябрь 2024
164
0

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida adabiy uchrashuvlar o‘tkazildi

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Normurod Norqobilov va O‘roz Haydar ta’lim muassasalarida bo‘lishdi.

Dastlab Navoiy shahridagi 7- sonli hamda Navbahor tumanidagi 17-sonli maktablarda shoir va yozuvhilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda har ikkala ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi haqida so‘z bordi. Shuningdеk, she’riy to’plamlari, hikoya va asarlaridan namunalar o‘qildi. 

So‘ng Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan “Adiblar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.  Tadbirda institut rahbariyati, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi. 
Adiblar yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berishdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi. 

 Jarayonda ijodkorlar institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat qilishdi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliygoh hududida daraxt ekildi.  Shoirlar talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarni ham kuzatib, yoshlarga har jabhada omad tiladilar.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0