Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota tumaniga tashrifini tavsilotlari.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota tumaniga tashrifini ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganishdan boshladi. Ilk manzil tumandagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lib, viloyat hokimi bu yerdagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur ta’lim muassasasi 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib,u yerda bugungi kunda ta’sirlash ishlari olib borilmoqda. Aholi murojaatlariga asosan maktab huzurida maktabgacha ta’lim muassasasi qurib berish masalalari muhokama etildi.
Normat Tursunov Nurota tumanidagi “Qadoq” mahallasi aholi bilan uchrashib, murojaat va takliflarini tingladi.
Ushbu sayyor qabulda 100 nafarga yaqin aholi qatnashishdi. Shuni ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mahallada 2365 nafar aholi istiqomat qiladi.
Viloyat rahbarining Nurotadagi keyingi manzili “FHH Garden flover” MCHJ tomonidan yomg‘irlab sug‘orish usulida ekilgan qizil loviya (fasol) ekilgan dala maydoni bo‘ldi.
Viloyat rahbari ushbu loyiha bilan tanishdi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻmagida tashkil etilayotgan boʻlib, bu yerda "BAUER" kompaniyasining suv tejovchi pivot uskunalari orqali yomgʻirlatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan.
Yerning unumdorligini oshirish maqsadida pivot uskunasi yordamida sug'orish orqali suvni 40-50 % gacha tejashga erishiladi. Suv dala maydoniga bir tekis taqsimlanib, ekinga meʼyorida yetkazib beriladi va oʻgʻitlardan samarali foydalanish hisobiga 35 % gacha, yoqilgi sarfi 30% ga tejalib qoʻl mehnati 90% ga qisqaradi.
Bugungi kunda ushbu dala maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va lavanda uchun yerni tayyorlab berish maqsadida fasol ekilgan.
Viloyat rahbari Nurota tumanidagi “Yangi hayot” mahallasidagi “Otamurod chorvasi” FX tomonidan tashkil etilgan pomidor yetishtirish xo‘jaligi dalalarida bo‘ldi.
Viloyat hokimi Nurota tumanining “Nurobod” mahallasida joylashgan “Trade produstion international” MCHJ qo‘shma korxonasiga bordi.
Jarayonda Turkiya davlatidan keltirilgan marmar toshlari yoriqlarini yelimlash uskunalari bilan tanishib, tadbirkor bilan muloqotda bo‘ldi.