Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida zamonaviy tipdagi yangi, kreativ dizayndagi, kitobsevarlar uchun qulay kutubxona qad rostlamoqda.

Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida zamonaviy tipdagi yangi, kreativ dizayndagi, kitobsevarlar uchun qulay kutubxona qad rostlamoqda.
Navoiy / Navoiy shahri
16:42, 16 октябрь 2024
158
0

O‘tayotgan yilning fevralida viloyat hokimining rasmiy  telegram kanali orqali aholi orasida e’lon qilingan “Navoiy shahrida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy, o‘ziga xos kutubxona qayerda qurilishini istaysiz?” degan mazmundagi so‘rovnoma natijalari asosida ayni kunlarda Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida zamonaviy tipdagi yangi, kreativ dizayndagi, kitobsevarlar uchun qulay kutubxona qad rostlamoqda. 

Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov kutubxona qurilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 3 qavatli mazkur ziyo maskani bir vaqtda 230 kitobxonni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda sog‘lom kitobsevarlardan tashqari imkoniyati cheklangan aholi uchun ham to‘liq qulayliklar yaratilmoqda. Maskan umumiy hisobda 171 000 adabiyotni o‘z fondiga joylashtirish imkoniga ega. Bundan tashqari elektron kutubxona ham kitobxonlarga xizmat ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0