3 ta korxona ishga tushirilib, 12 tasining qurilishi boshlandi

3 ta korxona ishga tushirilib, 12 tasining qurilishi boshlandi
Navoiy / Siyosat
11:34, 01 ноябрь 2024
144
0

Ushbu ulkan salohiyatdan viloyat hokimi, uning 8 ta o‘rinbosari, 11 ta shahar-tuman hokimi unumli foydalanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishga ulangan boshqa viloyatlar mutasaddilari ham bugungi tahlillar va topshiriqlardan aniq xulosa qilib, 

Navoiy misolida o‘z rejalarini tuzishi zarurligi qayd etildi.

Viloyatga 3,7 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelib, 600 ta yangi korxonani ishga tushirish, 15-20 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.

Chuqur geologik tahlillar asosida yangi konlarni tayyor loyiha paketi bilan tadbirkor-investorlarga taklif qilish zarur.

Uch yil davomida yiliga 350 ming gektar yaylovga yangi texnologiya asosida urug‘ va ko‘chat ekish tashkil qilinib,

 50 ming aholiga meva-sabzavot, bog‘ va chorva uchun bo‘lib beriladi. 100 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyani yangi tizimi va 4 ta tuman tajribasi hisobidan yana 140 ming aholi bandligini ta’minlash, 

16 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.

Hududi 11 million gektar bo‘lgan Navoiyda bor-yo‘g‘i 100 ming gektarga ekin ekilayapti. 

Yaylovlarning 43 foizi Navoiyda joylashgani bilan respublikadagi

 chorva mahsulotining 5 foizini ham bermaydi.

Navoiyda 23,5 ming gektar, shundan 1,7 ming gektar sun’iy havzada baliq yetishtiriladi. 

Lekin, atigi 15 foizi intensiv bo‘lgani uchun hosildorlik gektariga 2-3 tonnadan oshmayapti.

Yoki, 100 ming gektar suvli yerning 72 foizi nasosda sug‘oriladi. 

Nasoslarning aksariyati eskirgan va energiya sarfi yuqori. Shunga qaramasdan, 

viloyatning 50 ming gektarida suv tejovchi texnologiyalar bor, xolos.

Karmana, Konimex, Qiziltepa, Nurota va Xatirchi tumanlarida bu boradagi ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan paxtachilikda urug‘ sifati va texnologini yangilash, 

hosildorlikni 70 sentnerga chiqarish, 20 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish,

 7 ming gektar bog‘ va tokzorlarni yangilash, hamma suvli yerlarni to‘liq lazerli tekislab,

 takroriy ekin sifatida 10 ming gektarda kungaboqar yetishtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0