Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning navbatdagi apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Dastlab ijro intizomini mustahkamlash oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar, sayyor qabullarda berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etildi.
Yig‘ilish davomida ijro intizomini vaqtida bajarmagan hamda faoliyatida sustkashlikka yo‘l quygan bir guruh mas’ullar qattiq ogohlantirildi.
Shuningdek, Xatirchi tumani va Navoiy shahri hokimlarining ijro tizimidagi mas’uliyatsizligi tanqid ostiga olindi. Nurota tumanida ham edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar kechiktirib bajarilgani qayd etildi.
Sayyor qabullarda berilgan topshiriqlarning ijrosi atigi 68 foizi bajarilgan. Navbahor va Qiziltepa tumanida ushbu murojaatlarning aksari tushuntirish berish orqali yopilgan.
Apparat yig‘ilishidagi keyingi masala o‘ta dolzarb bo‘lib, kambag‘allikni qisqartirish, jumladan “kambag‘allikdan – tadbirkorlikka” tamoyili asosida ishlarni tashkil qilish, og‘ir toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosiga qaratildi.
Joylarda murojaatlar quruq eshitilib, yechim qilinmay, xulosa berilmayotganligi, “mahalla yettiligi” ishlamayotganligi tanqid qilindi. Bunga misol “Ish bering” telegram guruhidagi murojaatlarni atigi 50 foizi bajarilgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, hududlardan 20 tadan oila tanlab olinib, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha kompleks ishlar olib boriladi. Ular hokim va sektor rahbarlariga biriktirilib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlanadi. Aholini kasb va tilga o‘rgatish ishlari ham takomillashtiriladi.
Keyingi masala aholi bandligini ta’minlash, viloyat hokimligi, Xalq qabulxonasi va “Ish bering” telegramm kanaliga ish so‘rab murojaat qilganlar bilan ishlash bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz ekanligi ta’kidlanib, tegishli mas’ullarning faoliyati tahlil etildi.
Xususan, bitiruvchilarning 53 foizi ishsiz ekanligi, Navoiy, Zarafshon shaharlari va Tomdi tumani mas’ullari bitiruvchilarning taqdiri bilan umuman qiziqmayotganligi qattiq tanqid qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha sektor rahbarlari va mas’ullarning ham hisoboti eshitildi. Har bir masala bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, ijrosi ustidan qat’iy so‘rov o‘rnatilishi ta’kidlandi.
Apparat yig‘ilishi yakunlandi.
