Xatirchida hokim yordamchisi o'z xizmati uchun 10 mln so'm pora olgan vaqtida ushlandi

Xatirchida hokim yordamchisi o'z xizmati uchun 10 mln so'm pora olgan vaqtida ushlandi
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablag'i olib berish evaziga 20 mln. so'm olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi o'z xizmati uchun 10 mln so'm hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablagʻi ajratib berish evaziga 2 mln soʻm olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
