Navoiyda YPX xodimi 16 yoshli bola sabab vafot etdi

Navoiyda YPX xodimi 16 yoshli bola sabab vafot etdi
Navoiy
15:21, 20 январь 2025
119
0

Navoiyda 16 yoshli bola otasining mashinasida YPX xodimini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu ma’lumotni “Daryo”ga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 19-yanvar kuni soat 1:45 larda Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Viloyat YHXB inspektori Jasur Muhammadov davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan.

Biroq haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Inspektor hodisa joyida halok bo‘lgan.

Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida Kia Sonet’ni 2008-yilda tug‘ilgan S.M. boshqargani, avtomobil uning otasiga tegishli ekani aniqlangan. Avtomobil yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Inspektor Jasur Muhammadov 1993-yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan. U ichki ishlar organlari tizimida 2017-yildan buyon ishlab kelgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266 (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117 (xavf ostida qoldirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0