Navoiyda uchta mashina to‘qnashgan YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

Nurota
Manbaga ko‘ra YTH 9 iyun kuni soat 15:00 lar atrofida “Navbahor-Nurota” yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘lda harakatlanib borayotgan Gentra haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Onix mashinasida ketayotgan bir oilaning 5 a’zosi, ya’ni 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush o‘rtog‘i, 2 yoshli o‘g‘li hamda 2 oylik qizi, shuningdek, Gentra haydovchi bo‘lgan erkak vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.