Navoiyda Nexia urib yuborishidan er-xotin vafot etdi

Navoiyda Nexia urib yuborishidan er-xotin vafot etdi
Navoiy / Qiziltepa
15:26, 05 январь 2025
111
0

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida er-xotin Nexia urib yuborishidan vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga YTH qurbonlarining yaqinlari xabar berdi.

Ularning bildirishicha, voqea 2025-yil 1-yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda Yangilanish ko‘chasi hududidan o‘tgan O‘rta Qo‘rg‘on—Nurafshon yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘ldi.

Haydovchi Nexia’ni mast holda boshqarib ketayotib 1971-yilda tug‘ilgan N.Y. hamda uning 1976-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.U.ni urib yuborgan. Uch nafar farzandi bo‘lgan er-xotin voqea joyida vafot etgan.

Marhumlarning yaqinlari aytishicha, haydovchi avtomobilni katta tezlikda haydagan, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatmagan.

“Qo‘lidan kelganini qilsin. Oldin ham mashinamda odam urib o‘ldirganman, qamalmay chiqqanman. Pulim ko‘p, qo‘lim xohlagan joyimga yetadi”, degan u voqeaga guvoh bo‘lgan kishilarga.

IIV YHXX matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, er-xotin yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida 1990-yilda tug‘ilgan S.T. Nexia’da urib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0