Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish borasida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. 

Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish borasida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. 
Navoiy / Uchquduq
10:33, 30 январь 2025
141
0

Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ularning muammo va takliflarini o‘rganish va hal etish maqsadida Uchquduq tumanida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. 

Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda joriy yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha respublika shtabi a’zosi Ilyos Matlabov, Navoiy viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Baxromov, Uchquduq tumani hokimi o‘rinbosari Nurladin Muratov uchquduqlik yoshlar bilan uchrashdi.

Dastlab rahbarlar mas’ullar ishtirokida yoshlarning takliflarini tingladi. Uchrashuvda tumandagi 14 ta mahalladan tashrif buyurgan 20 nafarga yaqin yoshlar o‘z muammolari bilan rahbarlarga yuzlanishdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0