Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida “Vatanim g’ururi, ko‘rki erkakdir” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Universitet Xotin-qizlar kengashi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, yoshlar kengashi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan tadbirda yoshlar, professor o‘qituvchilar, harbiylar hamda faxriy jangchilar ishtirok etdi. Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov barchaga o‘zining samimiy dil izhorlarini yo‘llab, barchani bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, Navoiy viloyat Veteran-jangchi va faxriylar kengashi raisi M. Uralov va boshqalar so‘z olib, Vatanni asrash sharafi xususida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng, 20022-harbiy qism askarlarining chiqishlari, talaba yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi.
Jarayonda Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar va xodimlar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Shu bilan birga, Faxriylar kengashining ham e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.