Viloyat rahbari Xatirchida

Viloyat rahbari Xatirchida
Xatirchi
13:01, 24 ноябрь 2023
147
0

Normat Tursunov xatirchiliklarning bugungi kuni, turmush tashvishlari, hududdagi olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan

tanishishni “Damariq” mahallasidan boshladi. 

Shuningdek, viloyat hokimi xatirchilik tadbirkorlarning ish joylariga borib, ular olib borayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorlarning

faoliyatini yanada rivojlantirish uchun kerakli yoʼl-yoʼriqlarni berib, ularning fikrlarini ham tingladi. 

Normat Toʼlqinovich Xatirchidagi obodonlashtirish ishlari hamda ijtimoiy soha obʼektlari, taʼlim va tibbiyot muassasalarini kuz-qish

mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanish asnosida, asosiy eʼtiborni ijtimoiy soha va aholiga koʼmir mahsulotlari, elektr energiya,

tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda ularning zahirasini oʼrganishga qaratdi. 

Аyniqsa maktablar hamda maktabgacha taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan mutasaddi tashkilot

rahbarlariga kerakli koʼrsatma va topshiriqlar berdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar