Tibbiyot va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Navoiy viloyatida tibbiyot va farmatsevtika sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda sohadagi
mavjud kamchiliklar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtmoqda. Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov,
soha xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, viloyatimizda tibbiyot sohasiga bundan olti yil oldin 220 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilgan boʼlsa
, joriy yilning oʼtgan davrida 3,5 barobar koʼp mablagʼ ajratilib, 733 mlrd. soʼmni tashkil qildi, birgina mahalliy
byudjetdan 100 mlrd. soʼmdan ortiq mablagʼlar sohaga yoʼnaltirildi.
Soʼngi 2 yil ichida 27 ta oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar yangidan barpo etildi va bu
maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan 30 mlrd.soʼmga yaqin mablagʼ ajratildi, yaqindagina Xatirchi va Qiziltepa
tumanlarida har biri 4,9 mlrd soʼmlik 2 ta oilaviy poliklinikalarni yangidan qurish boʼyicha ishlar boshlab yuborilgan.
