Viloyot rahbari bilan hokim soati

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida hokim soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan ijro intizomini mustahkamlash, Sayxunobod tajribasini hududlarda joriy etish,
mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, muammoli
kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha tijorat banklari, majburiy ijro byurosi, sektor rahbarlari tuman va
shahar hokimliklari tomonidan olib borilayotgan ishlar, ichimlik suvi iste’molidan hosil bo‘lgan
debitor qarzdorlikni keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, viloyatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
va foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish orqali budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash yuzasidan
qilinayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar kabi masalalar o‘rin oldi.
