Viloyat rahbari raisligida navbatdagi apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Аyni damda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda.
Yigʼilish kun tartibidan ijro intizomini mustahkamlash, berilgan topshiriqlar, nazoratdagi hujjatlar ijrosi,
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʼrsatkichlarining bajarilishi ahvoli,
Sayxunobod tajribasini hududlarda joriy etish, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti, hududlarda obodonlashtirish
ishlarining borishi hamda “Yashil makon” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, gʼalla parvarishi,
texnikalar tayyorgarligi, texnikalarni sotib olish kabi qishloq xoʼjaligi masalalari, hududlarda
tashqi yozuv, lavha, eʼlon, reklama va koʼrgazmali boshqa axborot matnlarining “Davlat tili”
va “Reklama toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirilishi holati singari
qator masalalar tanqidiy-tahliliy muhokamasi oʼrin olgan.
