Navoiylik tadbirkor tergov izolatorida vafot etgani aytilmoqda

Navoiy
Navoiylik 56 yoshli tadbirkor Azamat Xoliqov tergov hibsxonasida vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Xoliqovga nisbatan bir necha kun oldin jinoyat ishi doirasida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. U 26-aprel kuni erta tongda sog‘ligidagi jiddiy muammo sabab tergov izolatorida vafot etgan.
Tadbirkorning qanday asoslar bo‘yicha tergovga jalb etilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Bo'limdagi ommabop yangiliklar

Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....