Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Shanxaydagi navbatdagi manzili Shanghai Chaoqi kompaniyasi bo‘ldi.

O'zbekiston / Navoiy
Mazkur kompaniya 2004-yilda hammom pardalari, devor stikerlari, oziq-ovqat qadoqlari, bir martalik idishlar, saqlash paketlari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunda korxona mahsulotlari asosan Amerika va Kanadaga eksport qilinadi. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa 70 mln dollardan oshadi. Bu yerda 150 nafardan ortiq ishchi-xodim xizmat qiladi.
Shanghai Chaoqi Malayziyada ham ishlab chiqarish korxonasiga ega.