Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi hokim soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish kun tartibidan 6 ta masala o‘rin olgan.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi hokim soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish kun tartibidan 6 ta masala o‘rin olgan.
---
14:30, 29 июль 2024
172
0

Dastlab yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi tahlil etildi.

Xususan, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan va edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan bir guruh mas’ullar ogohlantirildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglanib, tanqidiy tahlil etildi. 

Aholi bandligi borasida mutasaddilar tomonidan faktlarni yashirish, qo‘shib yozish kabi holarlar qattiq tanqid ostiga olindi. 

Shuningdek hokim soatida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222 sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish vazifalari muhokama etildi. Aniq topshiriqlar va ularni amalga oshirish muddatlari qat’iy belgilab berildi.

 

Hokim soati kun tartibidagi navbatdagi masala yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mas’ullar va shahar, tuman hokimliklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar bo‘ldi.  Viloyat rahbari tomonidan mas’ullarga viloyat hududidagi 367 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqish, ta’mirtalablarini rekonstruksiya qilish, yaroqsiz deb topilganlarini esa buzib tashlab o‘rnida yangi zamonaviy tipdagi maktab binolarini tez fursatlarda tiklash masalalari yuklandi.

Shuningdek yig‘ilishda budjet parametrlari ijrosini ta’minlash, qo‘shimcha manbaalar bilan ishlash, mol-mulk va yer solig‘ini undirish hamda yilning 3-choragi rejasini bajarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi. 

Hokim soatida ayni damdagi dolzarb masalalardan biri g‘o‘za agrotexnikasi, yangi qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish masalalari ham viloyat rahbari e’tibori markazida bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar