Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov navbatdagi apparat yig'lishi bo'lib o'tmoqda

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov navbatdagi apparat yig'lishi bo'lib o'tmoqda
Navoiy
09:49, 10 июнь 2024
136
0

Viloyat hokimi rahbarligidagi apparat yig‘ilishida hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etib, masalalar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilmoqda. 

Xususan, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan va edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan bir guruh mas’ullar ogohlantirildi.

 Aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglanib, Karmana, Xatirchi tumanlari, Zarafshon, Navoiy shahrida migrantlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmagani ta’kidlandi. Shuningdek, Karmana va Nurota tumanlarida aholini ish bilan ta’minlashda nomutanosib raqamlar berilib, qo‘shib yozilgani qattiq tanqid qilindi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0