Navoiyda yana bir yangi umumta'lim maktabi o'z faoliyatini boshladi.

Navoiyda yana bir yangi umumta’lim maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Muhtasham, zamonaviy ko‘rinishga ega, barcha
qulayliklarni o‘zida mujassam etgan 660 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasining 20 mlrd.so‘m homiylik mablag‘lari hisobidan qurib berildi.
Navoiy shahrining "Yoshlik" mahallasida joylashgan
mazkur 23-sonli maktabning ilk qo‘ng‘irog‘i yangrash marosimida viloyat hokimi
Normat Tursunov ishtirok etib, yig‘ilganlarni "Bilimlar kuni" bilan qutladi.
Bugun viloyatimizning 378 ta maktablarida 19 600 nafar 7 yoshli farzandlar ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqda.
Ulardagi maqsad-mustaqil yurtimiz taraqqiyoti, uning porloq kelajagi, farovon turmushi uchun sidqidildan xizmat qilish,
deya aytishga asoslarimiz yetarli. Ezgu maqsadlarning ro‘yobga chiqishiga mustahkam zamin yaratilgan.
Bu borada davlatimiz rahbari rahnamoligida ulkan amaliy ishlar olib borilyapti, - dedi viloyat rahbari o‘z nutqida.
