Navoiy viloyatida "Diqqat bolalar!" tadbiri doirasida targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida "Diqqat bolalar!" tadbiri doirasida targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy / Yangiliklar / Tadbirlar / Navoiy shahri
10:20, 17 сентябрь 2024
192
0

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan umumta'lim maktablarida "Diqqat, bolalar!" tadbiri doirasida targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar voyaga yetmagan 90 nafar  maktab o'quvchilarining   rul boshqaruviga o'tirish holatlari  aniqlangan. Ularning ota-onalariga nisbatan tegishli tartibda choralar ko'rilib, boshqaruv huquqini beruvchi hujjatlarsiz rul boshqaruviga o'tirganliklari uchun profilkatik tadbirlar amalga oshirilgan. Har bir o'quvchilarning  ta'lim muassasalarida qoidabuzarligi yuzasidan muhokama tashkil etilib, Yo'l harakati qoidalariga  rioya qilmaslikning ayanchli yakunlari xususida batafsil tushunchalar berilmoqda.

Xuddi shunday muhokama Navoiy shahardagi  19-maktabda ham o'tkazildi. Unda bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtiroki ta'minlandi. Muhokama davomida maxsus film namoyish etilib, yo'l harakati qoidalari aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.


Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0