Navoiy shahri hokimi D.Ergashev tadbirkorlar bilan uchrashib ularning faoliyati bilan tanishdi.

Navoiy shahri hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari Jamshid Urunov shahar hokimi Dilmurod Ergashev bilan birgalikda murojaat, taklif va muammolari bilan kelgan 20 ga yaqin tabirkorlarni qabul qilib, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan uchrashuv o’tkazdi.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan alohida e’tibor bilan muhokama qilinib, ularga yechimlar ishlab chiqildi. Hokim va sektor rahbarlari ishtirokidagi muloqot davomida bildirilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shahar iqtisodiyotini rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim topshiriqlar berildi.
