Konimex tuman bo‘limi ma’muriy-laboratoriya binosi ochilish marosimi o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Konimex tuman bo‘limi ma’muriy-laboratoriya binosi ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev, sektor rahbarlari, tuman Tibbiyot birlashmasi, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari, nuroniylar, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ishtirokchilari maskanda yaratilgan qulay va zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ma'lumot o‘rnida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyat Konimex tuman bo‘limida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2- mavsumida 500 mln. so‘m mablag‘ hisobidan yangi vaksina saqlash omborxonasi binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, loyihaning 2024-yil 1-mavsumida 900 mln. so‘m mablag‘ evaziga ma’muriy-laboratoriya binosida qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Energiya tejamkorligini ta’minlash maqsadida quyosh panellarni o‘rnatildi.
Mazkur markaz tomonidan aholining tibbiy va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, xavfsiz oziq-ovqat iste’moli uchun shart-sharoitlar yaratish, toza ichimlik suvi bilan ta’minishini nazorat qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bolalar o‘rtasida xavfsiz emlash tadbirlarini o‘tkazilishi ta’minlanadi.
