Energiya tejamkorligini ta'minlash va kommunal xizmatlarda samaradorlikni oshirish – bugungi kunning muhim vazifalaridan biri.

Energiya tejamkorligini ta'minlash va kommunal xizmatlarda samaradorlikni oshirish – bugungi kunning muhim vazifalaridan biri.
🇺🇿Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida BSK rahbarlari hamda tegishli tashkilot masullari ishtirokida aholiga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolar tahlil qilindi.
🇺🇿Uchrashuv davomida BSK va shirkatlarning bugungi faoliyati, kommunal toʼlovlar boʼyicha qarzdorlik holati, qarzdorlikni qisqartirish choralari, energiya tejamkorligini taminlash kabi masalalar batafsil koʼrib chiqildi.
🇺🇿Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʼrish, hududlarda olib borilayotgan ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan masul shaxslarga aniq muddatlar belgilangan topshiriqlar berildi.