Zarafshon shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish hashar ishlari tashkil qilindi.

Zarafshon shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish hashar ishlari tashkil qilindi.
Navoiy / Zarafshon
12:30, 24 ноябрь 2024
161
0

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi kuzgi mavsumda daraxt ekish ishlarining amalga oshirilishi  viloyatimizda  yashillikka burkangan, fayzli, yangi yashil hududlar barpo etilishiga turtki beradi. Bu esa o'z navbatida yurtimiz iqlimini moʻtadil saqlashga, tabiatni asrashga, aholi salomatligini yaxshilash, xalqimizning farovonligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. 

Jumladan, Zarafshon shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish hashar ishlari tashkil qilindi. Unda sektor rahbarlari, mutasaddilar, nuroniylar, obodonlashtirish xodimlari, yoshlar, korxona, tashkilot xodimlari ishtirok etib, shaharning obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Hashar ishlari shahar aholisi ishtirokida uyushqoqlik, ko‘tarinki kayfiyat va hamjihatlikda davom etmoqda. Xususan, bog‘ hududida 2000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0