ZARAFSHONDA IIB BOGʻI TASHKIL ETILDI

ZARAFSHONDA IIB BOGʻI TASHKIL ETILDI
Donishmand xalqimiz bejizga "Yaxshidan bog‘ qoladi" demagan. Hamma makon va zamonlarda ham yaxshi insonlardan faqat va faqat ezgu amallar-u yashnab turgan bog‘lar qolgan.
Zarafshon shahri sanoat zonasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida IIB bogʻini tashkil qilish maqsadida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipov, mutasaddi rahbarlar, nuroniylar, obodonlashtirish xodimlari, yoshlar, korxona, tashkilot xodimlari ishtirok etib, shaharning obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hashar ishlari shahar aholisi ishtirokida uyushqoqlik, ko‘tarinki kayfiyat va hamjihatlikda davom etmoqda. Xususan, bog‘ hududida 2000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
