Navoiy shahar hokimi D. Ergashov monomarkazda Migratsiya boshqarmasi ma'sullari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida viloyat Migratsiya boshqarmasi mas’ullari, Rossiya Federatsiyasining "Мигросервис" MChJ tashkiloti rahbariyati va qonuniy migratsiyaga ketish istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida qonuniy migratsiya jarayonlarini tartibga solish, xorijiy davlatlarda ishlashni maqsad qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq qonun-qoidalar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va xorijdagi mehnat munosabatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Tadbir davomida Rossiya Federatsiyasidagi mehnat bozorining ehtiyojlari, mavjud ish o‘rinlari va fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida hamda fuqarolarni xavfsiz va qonuniy migratsiya imkoniyatlari bilan ta’minlash yuzasidan ma’lumot berildi.
