Navoiy viloyati prokurori Аzamat Mirzaev “Yoshlar sanoat zona”larida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʼrgandi. 

Navoiy viloyati prokurori Аzamat Mirzaev “Yoshlar sanoat zona”larida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʼrgandi. 
Navoiy / Navoiy shahri
10:23, 20 январь 2025
151
0

Navoiy viloyati prokurori Аzamat Mirzaev va oʼrinbosarlari tomonidan Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumanlarida “Kichik sanoat zona"lari va “Yoshlar sanoat zona”larida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʼrganildi. 

Maʼlumot uchun: viloyatda 17 ta “Kichik sanoat zona” hamda 11 ta “Yoshlar sanoat zona”larida jami 318 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʼlib, natijada 2300 ga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi.

Barcha sanoat zonalarida masʼul tashkilot vakillari ishtirokida  tashabbuskor tadbirkorlar bilan ishlarni jadallashtirish borasida uchrashuvlar oʼtkazildi.

Uchrashuvlarda, jami 100 nafarga yaqin tadbirkorlarning muammolari oʼrganilib, kelib tushgan har bir murojaat tegishliligi boʼyicha masʼullarga yoʼnaltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida tegishli tashkilot vakillardan iborat shtablar tashkil qilindi.

Bu boradagi oʼrganishlar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0