Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev Xatirchi tumani “Jaloyir” MFYda istiqomat qiluvchi turmush sharoiti og‘ir, daromadi kam fuqarolar xonadonlarida bo‘ldi.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev Xatirchi tumani “Jaloyir” MFYda istiqomat qiluvchi turmush sharoiti og‘ir, daromadi kam fuqarolar xonadonlarida bo‘ldi.
Mutasaddilar mazkur oilalar imkoniyatlarini o‘rgangan holda ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda amaliy yordam berishdi. Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar qatorida nogironligi mavjud hamda tibbiy xizmatga muhtoj oila a’zolariga ham ko‘mak ko‘rsatildi.
Bundan tashqari o‘rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, imtiyozlar, subsidiyalar, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kambag‘allikni qisqartirishda olib borilayotgan bu kabi kompleks yondashuvlar jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda, aholi turmush-sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
