Karmana tumanida  oʼtkazilayotgan koʼrgazmali seminar doirasida “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli ikki yirik loyiha faoliyatiga tamal toshi qoʼyildi. 

Karmana tumanida  oʼtkazilayotgan koʼrgazmali seminar doirasida “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli ikki yirik loyiha faoliyatiga tamal toshi qoʼyildi. 
Navoiy / Karmana
10:06, 26 февраль 2025
82
0

Navoiy viloyati Karmana tumanida  oʼtkazilayotgan koʼrgazmali seminar doirasida “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli ikki yirik loyiha faoliyatiga tamal toshi qoʼyildi. 

Endi Navoiy viloyatida ham zamonaviy, kreativ stildagi yangi Ekobogʼ aholiga xizmat koʼrsatadi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4 000 000 АQSh dollariga teng. 1.5 ga yer maydonida barpo etilayotgan Ekobogʼ toʼla ishga tushgandan soʼng bu yerda 50 ta yangi ish oʼrinlari yaratiladi. 

Karmana tumani hududidan oʼtuvchi M-37 xalqaro yoʼli boʼyida tashkil etilayotgan bogʼ hududda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun ekologik toza muhitda sifatli dam olish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Loyiha nafaqat Oʼzbekiston aholisi, balki chet ellik sayyohlar uchun ham jozibali maskan boʼlib, bir vaqtning oʼzida 700 nafar mehmonga yuqori darajada xizmat koʼrsatish imkoniyatiga ega boʼladi. Zamonaviy meʼmoriy yechimlar, tabiat bilan uygʼun ekologik infratuzilma va innovatsion texnologiyalar orqali ekopark mamlakatimizda barqaror turizm rivojiga katta hissa qoʼshadi.

Bu yerda mehmonlar uchun 900 dan ortiq tropik daraxtlar va 25 000 dan ziyod oʼsimliklar bilan husn baxsh etilgan yashil hudud, Yevropa va milliy taomlar taklif etuvchi umumiy ovqatlanish zonalari, bolalar uchun xavfsiz va qiziqarli oʼyin makoni, koʼplab koʼngilochar joylar tashkil etiladi.

Ekopark zamonaviy meʼmoriy uslubda barpo etilib, ekologik barqarorlik va tabiatni asrash printsiplariga asoslanadi. U nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy sayyohlar uchun ham oʼziga xos dam olish va ilhom manbaiga aylanadi. 

“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi golubika yetishtirish loyihasi uchun Karmana tumani dalalari tanlab olingan. Loyiha qiymati 800 000 АQSh dollari. Loyiha maydoni 4 ga. Natijada 30 kishini ish bilan taʼminlash imkoni boʼladi. 

Respublikada qishloq xoʼjaligini rivojlantirish maqsadida eng kamyob va foydali buta mevasi yetishtirishni rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan bogʼda golubikaning "Duke" navi yetishtiriladi.

Golubika immunitetni mustahkamlash, koʼrish qobiliyatini yaxshilash, yurak-qon tomir tizimini himoya qilish, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilash, onkologik kasalliklarga qarshi profilaktika qilish kabi foydali xususiyatlari bilan mashhur.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ham mazkur loyiha taqdimotida ishtirok etdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0