Navoiy viloyati hokimi Normat Tursonov Navbahor tumani tashrifi buyurdi va fuqorolar bilar uchrashdi.

Navoiy viloyati hokimi Navbahor tumani "Qorajon" mahallasida joylashgan "Navbahor tomorqa xizmati klasteri" MChJ tomonidan tashkil etilgan parrandachilik kompleksi "Qizilqum baraka parranda" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxonada bugun 83 mingta tovuq boqiladi, kuniga xuddi shuncha tuxum mahsulotlari olinib, savdoga olib chiqiladi. Korxona toʻliq quvvatga chiqishi natijasida 120 kishining bandligi ta'minlanishi koʻzda tutilgan.
Normat Tursunov Navbahor tumanining "Sarbozor" mahallasida bo'lib, obodonlashtirish, kambag'allikni qisqartirish masalalarini hal etish maqsadida fuqarolar bilan uchrashdi.
Aholining murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha chora-tadbirlar va muddatlar belgilandi. Xususan, fuqarolar eski simyogʻochlarni yangi va sifatlisiga almashtirish, koʻchalarni asfaltlashtirish, hududning ba'zi joylarida ichimlik suvi quvuri oʻrnatish kabi umumaholiga tegishli murojaatlar hamda shaxsiy muammolar (sogʻlikni tiklashda moddiy yordam, ishga joylashtirish) bilan murojaat qildilar.
Viloyat hokimi har bir murojaat yuzasidan tegishli mas'ullarga qat'iy topshiriqlar berdi.