MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI - TANQID VA TAHLIL

MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI - TANQID VA TAHLIL
Navoiy shahri / Jamiyat
10:50, 15 октябрь 2024
97
0

Navoiy shahar hokimi D.Ergashev, shahar sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, shahar Xalq qabulxonasi mudiri Y.Eshmurodov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar mas'ullari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari ijrosi xususida, tahliliy muhokama bo‘lib o'tdi.

Shahrimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi va yuqori turuvchi idoralarga shahar hududida yashovchi fuqarolardan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, murojaatlar kelib tushishining asosiy sabablari, ularning bajarilishi, ularni qonuniy va ijobiy yechim orqali hal qilinishi masalalari har bir tashkilot kesimida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, masʼullarga aholi murojaatlari bilan bevosita ishlash, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va imkoni borlarini joyida bartaraf etish, bo‘yicha aniq va muddatli ko‘rsatmalar berildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)