"O‘ZBЕKISTON" MFY BINOSI YANGIDAN QURILADI

Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, masʼullar hamda nuroniylar ishtirokida "Oʼzbekiston" mahallasi hududida yangi mahalla binosining qurilishiga tamal toshi qoʼyildi.
Tadbir avvalida shahar hokimi mahalla aholisi uchun zamonaviy va qulay yangi maskanning yaratilayotgani davlatimiz rahbari tomonidanshahar aholisiga koʼrsatilgan yeʼtiborning yorqin namunasi yekanligini taʼkidlab oʼtdi.
Jarayonda tadbir ishtirokchilari duoga qoʼl ochib, yangi qurilayotgan bino xalqimizga uzoq yillar xizmat qiladigan inshoot boʼlishini tilashdi.
Maʼlumot oʼrnida, ushbu maskan Tashabbusli budjet loyihasi asosida jami 1 mlrd. 360 mln. soʼm mablagʼ yevaziga barpo yetiladi.
Shahar hokimi masʼullarga qurilish ishlarini sifatli, oʼz vaqtida bajarilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.