Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bugun Karmana tumaniga tashrif buyurdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bugun Karmana tumaniga tashrif buyurdi.
Navoiy / Karmana
16:01, 26 ноябрь 2024
178
0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bugun Karmana tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, kelgusi 2025-yil Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilingan. Mazkur yilga tayyorgarlik sifatida hududlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan, M-37 avtomagistral yo‘li yoqasi, Navoiy Xalqaro aeroporti hududida tashkil etilayotgan "Yashil belbog‘"lar ham shular jumlasidan. 

Viloyat rahbari bugungi tuman bo‘ylab safarni aynan shu ishlar bilan tanishishdan boshladi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qator vazifalar mutasaddilarga belgilab berildi.

 

Ayni kunlarda respublikamizda davom etayotgan daraxt ekish mavsumining dolzarb 40 kunligida har bir hudud iqlimiga mos daraxt ko‘chatlari tanlab olinib, sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilib, undan keyingina bog‘ yaratish ishlariga o‘tilayotgani ijobiy samara berishi kutilmoqda. 

Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasi hududida ham mazkur prinsiplar asosida yashil hududlar yaratilishiga start berilgan. "Yashil makon" loyihasi doirasida 22 gektar maydonda 40 ming tup daraxt ekilishi rejalashtirilgan. " M-37 yo‘li bo‘ylab barpo etilayotgan yashil belbog‘lar viloyat atmosferasiga ijobiy ta’sir qilib, hudud iqlimini yaxshi tomonga o‘zgartirishi maqsad qilingan. 

Viloyat hokimi Normat Tursunov ushbu jarayonlarda bevosita ishtirok etdi.

  

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning Karmana tumanidagi safari Erkin iqtisodiy zonadagi yangidan qurilayotgan obyektlarni ko‘zdan kechirish bilan davom etdi.

Xorijiy investitsiyalar asosida qurilayotgan loyihalar kelgusida viloyat va respublika sanoatiga yirik hissa qo‘shib xizmat qilishi uchun bugundan ularning poydevorini mustahkam etib qurish lozim. Viloyat rahbari mutasaddilarga aynan shu prinsipda ishlarni davom ettirishni uqtirib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0