Navoiy viloyati delegatsiyasi Pekindagi O‘zbekiston elchixonasida Xitoy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Navoiy viloyati delegatsiyasi Pekindagi O‘zbekiston elchixonasida Xitoy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, viloyat hokimi Normat Tursunov China State Construction Engineering Corporation Ltd. (CSCEC) rahbariyati bilan uchrashdi.
Mazkur korporatsiya dunyodagi eng yirik qurilish va investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1982 yilda tashkil etilgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy hukumati nazorati ostida bo‘lgan davlat korxonasidir. Kompaniya qurilish muhandisligi, infratuzilma loyihalari, ko‘chmas mulkni rivojlantirish va xalqaro kontrakt loyihalari bilan shug‘ullanadi. 2023-yilda umumiy savdo aylanmasi 310 mlrd. dollarni tashkil qilgan.
CSCEC 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Xitoydagi 300 metrdan yuqori bo‘lgan binolarning 90%i CSCEC tomonidan qurilgan. Kompaniya xalqaro miqyosda aeroportlar, atom elektr stansiyalari, tunnellar loyihalarini ham amalga oshirgan. Kompaniya Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi doirasida Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi yirik infratuzilma loyihalarida ishtirok etmoqda. Kompaniya yashil qurilish va energiya samaradorligi sohalariga alohida e’tibor qaratadi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan Navoiy viloyatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama qilindi. Tomonlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari o‘rganilishiga kelishildi. Viloyat rahbari hudud avtomobil yo‘llarida, istirohat bog‘larida, Yangi Navoiy shaharchasidagi turar-joylarda qurilish ishlarini olib borish taklifi berildi va eng yuqori AAA tizimida ish olib boruvchi korporatsiya rahbari takliflarni ma’qulladi.