Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida navbatdagi apparat yigilishi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida navbatdagi apparat yigilishi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy
15:21, 05 август 2024
138
0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida navbatdagi apparat yigilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan 5 ta asosiy masala o‘rin olgan.

Ilk o‘rinda ijro intizomini mustahkamlash masalasi, oldingi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Turizm, Avtoyo‘l, Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari faoliyati tanqid qilinib, ularga ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, Aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va viloyatni ishsizlikdan holi hududga aylantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Apparat yig‘ilishida Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida aholini biznesga jalb qilish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha mas’ullar va sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Bu boradagi masalalar muhokama qilinib, ishlarni mukammallashtirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar belgilab berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar masalasi bo‘lib,  u yerda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda sinchkovlik va sifatga asosiy e’tiborni qaratish lozimligi uqtiridi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0