Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizovning navbatdagi sayyor qabuli "Navbahor" mahallasi fuqarolari bilan tashkil etildi.

Tumanning 4-sektor hududida joylashgan ushbu mahallada yashovchi aholining murojaatlarini tinglash hamda ijobiy hal etish maqsadida o'tkazilgan qabulda fuqarolar ijtimoiy muammolarni o'rtaga tashladilar.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafar fuqarolarning davolanish, elеktr tayanch ustunlarini yangilash, ichki yo'llar ta'miri, tungi yoritish chiroqlarini o’rnatish, bandlik, moddiy yordam kabi masalalar bilan bog'liq muammolari tinglanib, yеchimi izlandi.
Ayrim masalalar o'z yеchimini joyida topgan bo'lsa, ba'zi birlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar bеrildi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish bo'yicha esa tеgishli mutasaddilarga topshiriqlar bеrilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Shu yerning o‘zida aholi uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi va tibbiy ko’rik ham tashkil etildi.
